Янгиликлар
O‘quvchilarni bepul darsliklar bilan ta’minlashdagi o‘zgarishlardan xabardormisiz?
O‘quvchilarni bepul darsliklar bilan ta’minlashdagi o‘zgarishlardan xabardormisiz?
Qonunchilikka ko'ra, quyidagi toifadagi o'quvchilar umumta'lim maktabi kutubxona jamg'armasi tomonidan darsliklar to'plami bilan bepul ta'minlanadi:
- 1-sinf o'quvchilari;
- "Mehribonlik" uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari bo'lgan o'quvchilar;
- ijtimoiy yordamga muhtoj bo'lgan oilalardagi o'quvchilar.
Bunda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi o'quvchilar ro'yxati 1 sentabrgacha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari iltimosnomasi va ota-onalar qo'mitasining xulosasiga asosan umumta'lim maktabi pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov