Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Agar jismoniy shaxs kurilish kilayotgan bulsa ustalarni kaysi tartibda ishlatish.kerak


Agar jismoniy shaxs kurilish kilayotgan bulsa ustalarni kaysi tartibda ishlatish.kerak

Ushbu vaziyatda mehnat inspektorlari sizga “boshog‘riq qilmaydi”. Sababi fuqarolik-huquqiy munosabatlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandiga asosan, mazkur holat mehnat va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratining bevosita predmetiga kirmaydi.

Bunday vaziyatda ustalar fuqarolik huquqiy shartnoma asosida ishlatiladi. Xususan, Fuqarolik kodeksning 703-moddasiga asosan, haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ishlar bajariladi.

Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.