Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Muayyan huquqdan mahrum qilish deganda nima tushuniladi?


Muayyan huquqdan mahrum qilish deganda nima tushuniladi?

            Shaxsni muayyan huquqdan mahrum etish — bu sud tomonidan belgilangan muddat davomida aybdor shaxsning korxona, muassasa yoki tashkilotlarda ayrim lavozimlarni egallashi yoki ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdir. Sud o‘z hukmida qaysi lavozim yoki faoliyat turlariga nisbatan bu taqiq qo‘llanilishini aniq ko‘rsatadi.

         Agar mazkur jazo asosiy jazo sifatida belgilanadigan bo‘lsa, uning muddati bir yildan besh yilgacha bo‘lishi mumkin. Agar u qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlansa, muddat bir yildan uch yilgacha deb belgilanadi.

         Agar aybdorga asosiy jazo sifatida muayyan huquqdan mahrum qilish belgilanmagan bo‘lsa, u holda bu jazo Jinoyat kodeksining Maxsus qismidagi tegishli moddaga muvofiq, har qanday asosiy jazoga qo‘shimcha tarzda belgilanadi.

         Agar mazkur jazo ozodlikdan mahrum qilish yoki intizomiy qismga yuborish jazolari bilan birga tayinlansa, u holda bu jazo asosiy jazoning butun davri mobaynida, bundan tashqari sud tomonidan belgilangan qo‘shimcha muddatga ham tatbiq etiladi. Boshqa asosiy jazolar bilan birgalikda yoki shartli hukm hollari uchun esa jazo muddati hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi.

         Tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan shaxslarga bu faoliyatni amalga oshirish huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlanmaydi. Biroq, bu qoida inson o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bo’stonliq tumani adliya bo’limi

YuXKM boshlig’I                                                                 U.Tulaganov