Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Mulk huquqi nima?


Mulk huquqi nima?

            O‘z.Res Fuqarolik kodeksining 164-moddasiga asosan, mulk huquqi deganda, shaxsning o‘ziga tegishli mol-mulkdan o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatlarini ko‘zlab foydalanish, unga egalik qilish hamda uni tasarruf etish huquqidir. Shuningdek, shaxs o‘z mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday huquqbuzarlikdan himoya qilishni talab qilish huquqiga ega. Mulk huquqi o‘z tabiatiga ko‘ra muddatsiz hisoblanadi.

            Mulk huquqining vujudga kelishi: (O‘z.Res FK 182-moddasi.)

—    mehnat faoliyati;

—    mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati;

—    shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish;

—    bitimlar asosida qo‘lga kiritish;

—    davlat mol-mulkini xususiylashtirish;

—    meros qilib olish;

—    egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat;

—    qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa asoslar.

 

Bo’stonliq tumani adliya bo’limi

YuXKM boshlig’I                                                                 U.Tulaganov