Янгиликлар
Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish
Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish
Ko‘p qavatli uyda turaman, tepamdagi qo‘shnilar doim shovqin qilishadi. Shovqin qilmanglar desam menga quloq solishmadi. Bu holatda kimga murojaat qilsam bo‘ladi? Ularga qanday javobgarlik bor?
Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, savolingizga quyidagicha javob berishim mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 192-moddasiga ko‘ra:
Tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya’ni baland ovoz bilan qo‘shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bo’stonliq tumani adliya bo’limi
YuXKM boshlig’I U.Tulaganov