Янгиликлар
Ota-onalar voyaga yetgan bolalari uchun ham aliment to‘lashi mumkinmi?
Ota-onalar voyaga yetgan bolalari uchun ham aliment to‘lashi mumkinmi?
Oila kodeksiga ko‘ra, ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartdir.
Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalarga ta’minot berish ota-onaning kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Ota-ona o‘rtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Ota-onaning voyaga yetgan bolalariga to‘laydigan aliment miqdori
Ota-onadan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalar foydasiga undiriladigan aliment miqdori sud tomonidan ota-onaning moddiy va oilaviy holatini inobatga olgan holda, har oyda pul ko‘rinishida to‘lanadigan qat’iy summa tarzida belgilanadi.
Ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdorini aniqlash tartibi
Ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdori aliment to‘lovchining oylik ish haqi yoki boshqa daromadiga nisbatan ulush sifatida yoki pul ko‘rinishida belgilangan qat’iy summa tarzida belgilanishi mumkin.
Agar aliment to‘lashi lozim bo‘lgan ota-onaning ish haqi yoki daromadi doimiy bo‘lmasa, o‘zgarib turadigan bo‘lsa yoki daromadining bir qismini natura shaklida olsa, shuningdek daromaddan ulush tarzida aliment undirishning iloji bo‘lmasa yoki ota-ona rasmiy daromadga ega bo‘lmasa, voyaga yetgan bolalarning ta’minoti uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan aliment har oyda pul shaklida qat’iy summa tarzida belgilanishi mumkin.
Bo’stonliq tumani adliya bo’limi
YuXKM boshlig’I U.Tulaganov