Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Yoshga doir pensiya olish uchun kimga murojaat qilish kerak hamda qanday hujjatlar taqdim etilishi lozim?


Yoshga doir pensiya olish uchun kimga murojaat qilish kerak hamda qanday hujjatlar taqdim etilishi lozim?

Fuqaro pensiya tayinlashni so‘rab o‘z tanloviga ko‘ra quyidagi usullardan birini qo‘llagan holda murojaat qilish huquqiga ega:

—   doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boyicha Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasining tuman (shahar) bolimiga ariza bilan;

—   yashash joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazida so‘rovnoma to‘ldirgan holda;

—   O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil so‘rovnoma to‘ldirgan holda.

Fuqaro o‘z arizasiga ish stajini, shu jumladan, maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat hamda ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ilova qilishi lozim. Bundan tashqari zarur hollarda fuqarodan tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatni, partizan otryadlari va qo‘shilmalarda bo‘lganlikni, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilganlikni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma, diplom va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Biroq, shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktyabrdagi 353-son qaroriga asosan, 2025-yil 1-martdan boshlab fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni belgilangan yoshga to‘lishi munosabati bilan proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi. Ya’ni endilikda yoshga doir pensiyalarni tayinlash uchun fuqaroning murojaat qilishi hamda biror-bir shakldagi hujjatlarni taqdim etishi talab etilmaydi. Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartib va me’yorlarga muvofiq hisoblanadi va tayinlanadi. Ushbu yangi tizim fuqarolar uchun ko‘plab qulayliklarga ega bo‘lib, ularning sarson-sargardon bo‘lishlari oldi olinadi. 

Bo’stonliq tumani adliya bo’limi

YuXKM boshlig’I                                                                 U.Tulaganov