Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Sudga qanday shaklda murojaat qilinadi?


Sudga qanday shaklda murojaat qilinadi?

 

         Barcha fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar buzilgan huquqlari yuzasidan sudga og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qilinadi.

Sudlarga ikki xil toifadagi murojaatlar qilish mumkin:

         Birinchisi, bu oddiy xat tarzidagi (muayyan ish bilan bog‘liq bo‘lmagan) murojaatlar, ya’ni ariza, taklif, shikoyatlar;

         Ikkinchisi, muayyan nizo yoki ish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar, ya’ni ariza, da’vo arizasi, iltimosnoma, shikoyatlar.

         Birinchi toifadagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda, ya’ni sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Agar ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganda bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

         Ikkinchi toifadagi murojaatlar tegishlicha sudlarda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Bo’stonliq tumani adliya bo’limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                                                            B.Valiyev