Янгиликлар
Shartnoma nima va u qanday tuziladi?
Shartnoma nima va u qanday tuziladi?
O‘z. Res Fuqarolik kodesining 353-moddasiga muvofiq ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
Shartnoma tuzish:
Fuqarolik kodeks 364-moddasiga muvofiq, agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnomaning predmeti (narsasi) haqidagi shartlar, qonunchilikda ushbu turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb topilgan shartlar, shuningdek taraflardan birining talabiga ko‘ra kelishilishi lozim bo‘lgan barcha shartlar muhim shartlar hisoblanadi.
Shartnoma, odatda, tomonlardan birining oferta (ya’ni shartnoma tuzish bo‘yicha taklifi) yuborishi va boshqa tomonning ushbu taklifni aksept qilishi (ya’ni qabul qilishi) orqali tuziladi.
Bo’stonliq tumani adliya bo’limi
YuXKM bosh yuriskonsulti B.Valiyev