Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Zararning o‘rnini qoplash tartibi


Zararning ornini qoplash tartibi

            Agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs o‘ziga yetkazilgan zararning to‘la qoplanishini talab qilishi mumkin.

            Shuningdek, davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hujjat qabul qilinishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday zararning o‘rni davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Huquqiy asosi: FK 14–15-moddalari.

            Izoh: Zarar moddiy va ma’naviy bo‘lishi mumkin. Zarar miqdorini aniqlash, qoplash choralarini belgilash sud tomonidan amalga oshiriladi.

Bo’stonliq tumani adliya bo’limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                                                            B.Valiyev