Янгиликлар
Ishonchnoma nima?
Ishonchnoma nima?
Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) ko‘rsatilgan faoliyat maqsadlariga zid bo‘lmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin. Huquqiy asosi: FK 134–144-moddalari.
Izoh: Notarial tasdiqlanishi kerak bo‘lgan holatlar mavjud (masalan, mol-mulkni sotish, transport vositasi boshqarish).
Bo’stonliq tumani adliya bo’limi
YuXKM bosh yuriskonsulti B.Valiyev