Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Tamaki mahsulotlarini necha yoshgacha bo‘lgan shaxslar sotishi yoki sotib olishi mumkin emas?


Tamaki mahsulotlarini necha yoshgacha bo‘lgan shaxslar sotishi yoki sotib olishi mumkin emas?

 

“O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalari”ga muvofiq, Alkogol va tamaki mahsulotlarining, shuningdek, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining quyidagi toifa shaxslarga:

- yigirma bir yoshga to‘lmagan;

- yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan;

- sotuvchining bevosita ishtirokisiz, shu jumladan, savdo avtomatlari, boshqa elektron yoki mexanik qurilmalar vositasida;

- o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish tokchalaridan;

- sayyor (qo‘lda, lotoklarda, savatchalarda, qo‘l aravachalarida) savdo qilish yo‘li bilan;

- ko‘chmas savdo obyektlaridan tashqarida;

- bolalarga mo‘ljallangan tovarlar realizatsiya qilinadigan xonalarda;

- bolalar o‘yinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlarga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa;

- sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari, ta’lim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;

- yaroqlilik muddati o‘tganda;

- mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz;

- qalbaki aksiz markalari bilan tamg‘alanganda;

- ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini bermaydigan tarzda aniq tamg‘alanmaganda;

- alkogol mahsulotining idishi yorlig‘ida yoki tamaki mahsulotining hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol o‘rovida (qutisida) tibbiy ogohlantirish bo‘lmaganda sotish taqiqlanadi.

Qonunchilikka ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlari sotish joylarida ularni 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarining inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuv joylashtirilgan bo‘lishi kerak.

 

Bo’stonliq tumani adliya bo’limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                                                            B.Valiyev