Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo'linmalari tomonidan shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash tartibi belgilandi


Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo'linmalari tomonidan shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan “Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo'linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo'ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda ko'rsatish”ning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

Fuqarolar gavjum bo'ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash borasidagi tadbirlar ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo'linmalari (vakolatli organ) tomonidan ushbu joylarda faoliyat ko'rsatuvchi talabgor bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Talabgor buning uchun vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) da ro'yxatdan o'tadi. So'rovnoma vakolatli organga kelib tushgandan so'ng 10 ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi.

Vakolatli organ xodimi talabgor bilan birgalikda fuqarolar gavjum bo'ladigan joyni ko'zdan kechiradi.

Talabgor tegishligiga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari bilan shartnoma tuzadi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul