Янгиликлар
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–241-son, 30.07.2025-y.) qabul qilindi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–241-son, 30.07.2025-y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, O'zbekiston Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati o'rtasida havo qatnovi to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2024-yil 22-oktabr kuni Kuala-Lumpur shahrida imzolangan.
Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM boshlig’i
Niyozov Abdurasul