Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to'lanadi


Ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to'lanadi

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-noyabrdan xo'jalik yurituvchi subyektlar quyidagi shaxslar uchun ish o'rinlarining majburiy zaxiralarini shakllantiradi:

▪️ nogironligi bo'lgan shaxslar;

▪️ oilaviy (maishiy) zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslar;

▪️ Kambag'al oilalar reestridagi oilalarning a'zolari;

▪️ muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar;

▪️ ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan shaxslar. Bunda majburiy zaxiralash:

???? xodimlar umumiy sonining 3 foizidan oshmasligi zarur;

???? xodimlari soni 100 nafardan ortiq bo'lgan tashkilotlarga nisbatan qo'llanadi. Shuningdek, 2025-yil 1-noyabrdan ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to'lanadi. Bunda:

???? ishsizlik nafaqasi so'nggi 5 yilda kamida 18 oy ishlagan shaxslarga mehnat shartnomasi bekor qilingandan so'ng ular 6 oy ichida murojaat qilganda, ularning oxirgi 18 oylik o'rtacha ish haqi hisobidan 3 oy davomida to'lanadi;

???? 1-oyda o'rtacha oylik ish haqining 75 foizi, lekin mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda to'lanadi;

???? 2- va 3- oylarda esa o'rtacha oylik ish haqining 50 foizi, lekin mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda to'lanadi.

        Ishsizlik nafaqasini takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan so'ng qo'shimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi.       Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos