Янгиликлар
Malaka oshirish istagidagi shaxslarga “kasb vaucheri” beriladi
Malaka oshirish istagidagi shaxslarga “kasb vaucheri” beriladi
Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-noyabrdan malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qo'shimcha ta'lim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi.
???? “Kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi.
✔️ Shaxs o'qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan so'ng ssudani 2 yil davomida Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasiga qaytaradi.
???? Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta'lim olish davrida Jamg'arma hisobidan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya to'lanadi:
???? nogironligi bo'lgan shaxslarga;
???? 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta'lim olayotgan Kambag'al oilalar reestridagi oilalar a'zolariga;
???? doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta'lim olayotgan shaxslarga.
????Bunda ishsizlik nafaqasi to'lanishi davrida o'quvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM boshlig’i
Niyozov Abdurasul