Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilandi


Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilandi

 

“Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3662-son, 11.08.2025-y.).

???? Nizomga ko'ra, kafolatlar berish tashkiloti moliyaviy mablag'lar va kafolatlar o'z vaqtida qaytarilishini ta'minlash hamda muammolarni dastlabki bosqichda aniqlash maqsadida kredit tashkilotlari va kafolat portfeli kesimida kamida har oyda tahlil o'tkazishi kerak.

???? Tashkilotning tavakkalchiliklarni boshqarish tuzilmasi quyidagilardan tashkil topishi lozim:

▪️ kuzatuv kengashi;

▪️ ijro etuvchi organ;

▪️ tavakkalchiliklarni boshqarish bo'yicha tegishli tarkibiy bo'linma;

▪️ tavakkalchiliklarni boshqarishga mas'ul bo'lgan boshqa bo'linmalar.

✅ Tashkilot aktivlarni sifatiga ko'ra tasniflaydi va ular bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar yaratadi.

???? Tashkilot kapitalining yetarlilik koeffisienti uning jami xususiy kapitalining jami aktivlariga nisbati orqali hisoblanadi va ushbu koeffisient 10 foizdan kam bo'lmasligi lozim.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar