Янгиликлар
Mehmonlarning farzandlari ta'limga jalb etiladi
Mehmonlarning farzandlari ta'limga jalb etiladi
???? Farmonga ko'ra, mehmonlarning har bir oilasiga birlamchi zaruriy vositalar (oilada ishlatiladigan nooziq-ovqat mahsulotlari to'plami) xaridi uchun bir martalik ko'tarma pul to'lab beriladi.
???? Mehmonlarning oila a'zolariga shaxsiy hamrohlik qilish va individual ko'mak berish maqsadida 1 tadan mahalladagi ijtimoiy xodim biriktiriladi.
???? Mehmonlar yashash manzillari bo'yicha ularning farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktablarga joylashtiriladi.
???? Mehmonlar davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovidan 2028-yil 1-yanvarigacha ozod etiladi.
???? Ularning farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktablarga navbatga qo'yilmagan holda, “Inson” markazlari talabnomasi asosida joylashtiriladi.
???? Mehmonlarning yashash manzillari bo'yicha oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarida hisobga qo'yiladi.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Abdug’apparov Abbos