Янгиликлар
Ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish
Ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga, fuqarolarni ongli, intizomli bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga ham muvofiq qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’min eta borib, o‘z hududlarida barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib turadilar, ichki ishlar organlari, bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar hamda ularga hisobdor ma’muriy huquqbuzarlik bilan kurash olib boruvchi boshqa organlar faoliyatiga rahbarlik qiladilar.
Angren shahar yuridik markazi
bosh yuristkonsulti: S.Siradjiddinova