Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ma’muriy jazoning maqsadi


Ma’muriy jazoning maqsadi

Ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.

Ma’muriy jazoning turlari

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:

1) jarima;

2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;

3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;

4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;

41) haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish;

5) ma’muriy qamoqqa olish.

6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.

Birinchi qismining 2—6-bandlarida sanab o‘tilgan ma’muriy jazo choralari faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.

Angren shahar yuridik markazi

bosh yuristkonsulti:                                                            S.Siradjiddinova