Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish


   

Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish

Bitta shaxs ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, ma’muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qo‘llaniladi.

Basharti shaxs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning o‘zida ayni bir organ (mansabdor shaxs) tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, bu shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan uzil-kesil jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi.

Basharti shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning Maxsus qismidagi bir necha modda bilan ma’muriy javobgarlik belgilangan va ular to‘g‘risidagi ishlarni har xil organ (mansabdor shaxs) ko‘radigan harakat (harakatsizlik) sodir etgan bo‘lsa, unga nisbatan jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi.

Basharti shaxs ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi tegishli modda bilan ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan harakatni (harakatsizlikni) voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilgan holda sodir etgan bo‘lsa, ish materiallari ko‘rib chiqish uchun sudga topshiriladi.

Yuqoridagi ikkinchiuchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan istalgan bittasi uchun javobgarlik to‘g‘risidagi moddalarda nazarda tutilgan qo‘shimcha jazo choralaridan biri qo‘shilishi mumkin.

Angren shahar yuridik markazi

bosh yuristkonsulti:                                                            S.Siradjiddinova