Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatish cheklanadi


Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatish cheklanadi

 

Hukumat qarori (517-son, 15.08.2025-y) bilan “Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash to'g'risida”gi texnik reglament tasdiqlandi.

???? Reglament O'zbekistonda muomalaga chiqarilayotgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklashga doir bajarilishi majburiy bo'lgan yagona talablarni belgilaydi.

???? Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining foydalanish hujjatlari davlat tilidagi pasport, o'rnatish, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash yo'riqnomasi hamda undan foydalanish qo'llanmasini o'z ichiga olishi kerak.

✅ O'zbekistonda muomalaga chiqariladigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining ushbu reglament talablariga muvofiqligi baholanishi shart.

⭕️ Qadoqlarga elektrotexnika va radioelektronika mahsulotining hamda ishlab chiqaruvchining nomi va (yoki) tovar belgisi joylashtirilishi kerak.

???? Mazkur reglament rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o'tgach kuchga kiradi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos