Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Prezidentning 07.08.2025 yildagi PF-129-son farmoni haqida


Prezidentning 07.08.2025 yildagi "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-129-son Farmoni qabul qilindi.  

"Davlat fuqarolik хizmati toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar (shaharlar) hokimliklari boshqaruv хodimlari mehnatiga haq toʻlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etilmoqda:

  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining lavozim maoshini mehnatga haq toʻlashning yangilangan tarif setkasiga muvofiq yagona tamoyil asosida, shuningdek, хizmat muddati va lavozimini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan tarif koeffitsiyentlari boʻyicha shakllantirish;
  • boshqaruv хodimlari tomonidan erishilgan samaradorlikning asosiy koʻrsatkichlari (KPI) asosida malaka darajalari (martaba darajalari) uchun har oylik ustamalar shaklidagi ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni, shuningdek, hisobot davri yakunlari boʻyicha ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni (bonus toʻlovlari) amalga oshirish;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv хodimlari mehnatiga haq toʻlash faqat Farmonda belgilangan shartlar asosida amalga oshiriladi, qoʻshimcha ustamalar, mukofotlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash taqiqlanadi (davlat mukofotlari uchun toʻlovlar bundan mustasno).

 

2025 yil 1 avgustdan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida mehnatga haq toʻlash fondiga quyidagilar kiritiladi:

  • lavozim maoshi;
  • asosiy samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishganlik uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;
  • malaka darajalari (martaba darajalari) uchun toʻlovlar;
  • mukofotlar va bonus toʻlovlari.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlari mehnatiga haq toʻlash tarif setkasi razryadlari;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif koeffitsiyentlari;
  • Faoliyat samaradorligining asosiy koʻrsatkichlariga (KPI) erishganlik uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining lavozim maoshiga har oylik ustamalar miqdorlari va boshqalar. 


 

Angren shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi.