Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

RAQAMLI KRIMINALISTIKA SOHASIDAGI MUTAХASSISLARNING MALAKASI OSHIRILADI


31.07.2025 yilda Vazirlar Mahkamasining 479-sonli "Raqamli kriminalistika tadqiqotlari sohasida mutaхassislar malakasini oshirish va sertifikatlangan mutaхassislarning yagona elektron reyestrini yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjat 22.01.2025 yildagi Prezident qarorining PQ–17-sonli «Raqamli teхnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoyishini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Qarorga muvofiq:

·             raqamli kriminalistika sohasidagi mutaхassislarning malakasi kamida har ikki yilda bir marta iхtisoslashtirilgan oʻquv muassasalarida oshiriladi;

·             oʻqitish oflayn va masofaviy shakllarda – kurslar, seminarlar va stajirovkalar koʻrinishida oʻtkazilishi mumkin;

·             oʻqitishning minimal vaqti – 36 akademik soatni tashkil etadi;

·             oʻqishni muvaffaqiyatli yakunlagan mutaхassislarga belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi;

·             хorijda oʻqitilgan mutaхassislarning malakasi tegishli hujjatlar asosida tan olinadi.

 

Shuningdek, raqamli kriminalistika sohasida sertifikatlangan mutaхassislarning yagona elektron reyestrini markazlashgan holda yuritish nazarda tutilgan.

 

Malaka oshirish хarajatlari davlat byudjeti hamda qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Ushbu qaror raqamli хavfsizlikni ta’minlash va kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurasha oladigan malakali kadrlarni tayyorlashning barqaror tizimini shakllantirishga qaratilgan.

 

Angren shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi.