Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Nogironlikni belgilash tartibi to’g’risida


Nogironlikni belgilash tartibi to’g’risida

 

Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlar, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklarga chalingan va ularning asoratlari bo‘lgan shaxslarning tibbiy hujjatlari muddatidan oldin, klinik-funksional ma’lumotlarni olishga doir qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazmasdan turib, TIEKga yuboriladi va taqdim etilgan tibbiy hujjatlar asosida shaxsning ishtirokisiz ular nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilganda nogironlik muddatsiz belgilanadi.

Ushbu ro‘yxatda keltirilgan holatlarda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nogironlik 18 yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga belgilanadi. Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tibbiyot muassasalari nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslarni klinik-funksional ma’lumotlarni olishga doir qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazmasdan turib tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborishga haqli. TIEKda ko‘rikdan o‘tish uchun pasport (18 yoshgacha bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, ota/onasining yokiqonuniy vakilining pasporti) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat ko‘rsatiladi.

TIEKda ko‘rikdan o‘tish uchun umumiy kasallik va bolalikdan nogironlik sabablarini belgilash uchun tibbiyot muassasasining yo‘llanmasi, ambulator kartadan ko‘chirma, agar mavjud bo‘lsa kasallik tarixidan ko‘chirma taqdim etiladi.

Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

boshlig’i Raximberdiyev Olqor Rasuljon o’g’li