Янгиликлар
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari to‘g‘risida
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari to‘g‘risida
TIEK o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Agentlik direktorining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. TIEKning xulosalari kollegial, TIEK a’zolarining mutlaq ko‘pchilik ovozi asosida qabul qilinadi hamda uning tavsiyalari ish beruvchilar, davolash-profilaktika, tibbiy-ijtimoiy, sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. TIEKlar yuridik shaxs hisoblanmaydi, o‘z nomi yozilgan muhrga va shtampga ega bo‘ladi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar), tumanlararo TIEKlari kiradi. TIEK faoliyati biriktirilgan hududlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Shaxsni nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 18 yoshgacha bo‘lgan bolani nogironligi bo‘lgan bola deb topish TIEK tomonidan amalga oshiriladi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi