Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

TIEKning funksiyalari to’g’risida


TIEKning funksiyalari to’g’risida

Tumanlararo, tuman (shahar) TIEK o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

18 yoshdan katta fuqarolarning hayot faoliyati cheklanganligini ekspertiza qilish, nogironlikni belgilash, nogironlik guruhlarini, sabablarini, boshlangan vaqtini va muddatlarini, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan yoki sog‘lig‘i boshqacha tarzda shikastlangan xodimlarning kasbi bo‘yicha mehnat layoqatini yo‘qotganlik darajasini aniqlaydi;

TIEK 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning hayot faoliyati cheklanganligini ekspertiza qiladi, nogironlik sabablarini, boshlangan vaqtini va muddatlarini aniqlaydi;

18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironlikka olib keluvchi omillarni o‘rganadi hamda nogironlikning oldini olish choralarini ishlab chiqadi;

18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish hamda nogironlikni belgilash sohasida davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

nogironligi bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqadi va amalga oshirish sohasini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;

tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish natijasiga ko‘ra shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari, o‘zgalarning parvarishiga, qo‘shimcha yordam turlariga muhtojligi, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risida tavsiyalar beradi, shuningdek, maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga imkoniyati borligini aniqlaydi va boshqalar.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

        ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi