Янгиликлар
Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik oshiriladi
Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik oshiriladi
Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-111-son, 14.07.2025 y.) qabul qilindi
Farmonga ko‘ra:
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatilib uning axborot sohasida nazorat va monitoring bo‘yicha vazifa va funksiyalari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga o‘tkazildi;
Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi;
Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi;
Administratsiya Matbuot xizmati media-markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etildi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida Boshqaruv samaradorligi agentligi tashkil etildi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi.
???? 2025 yil 1 sentyabrgacha quyidagilarga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi:
byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, takrorlanuvchi nazorat funksiyalarini bekor qilish, qaror qabul qilishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini oshirish;
hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklar iqtisodiy, ma’muriy va moliyaviy vakolatlarini yanada kengaytirish.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti I.Roziqov