Янгиликлар
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak. (Mehnat kodeksining 172-moddasi)
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak. (Mehnat kodeksining 172-moddasi)
Hisob-kitob xodimga quyidagilarni to‘lashni o‘z ichiga oladi:
oxirigacha olinmagan ish haqini;
xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni.
Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.
Hisob-kitob qilish vaqti kechiktirilsa kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanishi kerak. (mehnat kodeksining 333-moddasi)
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti I.Roziqov