Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi


Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (444-son, 16.07.2025 y.) bilan “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.

Nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va nafaqalarni tayinlash “E-probatsiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan kundan boshlab 1 oy ichida tuman (shahar) probatsiya bo‘limlari (vakolatli organ) ga shaxsan murojaat qiladi.

Vakolatli organ 1 ish kunida ariza beruvchini nafaqa tayinlangani va nafaqani olish uchun murojaat qilinishi lozim bo‘lgan tijorat banki to‘g‘risida xabardor qiladi.

Nafaqa oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki jazoni o‘tab bo‘lganlik yoxud jazodan ozod qilinganlik haqidagi ma’lumotnoma asosida, 1 oy muddatda tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun: nafaqa miqdori BHMning 6 baravarini tashkil etadi..

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                    I.Roziqov