Янгиликлар
TIEKning asosiy vazifalari nimalardan iborat
TIEKning asosiy vazifalari nimalardan iborat
TIEKning asosiy vazifalari biriktirilgan hududdagi fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazish hamda ularga nogironlikni belgilash, shuningdek, ushbu sohani nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
hududdagi nogironlik holati, dinamikasi va sababi bo‘yicha tizimli tahlil qilish, nogironlikka olib keluvchi omillarni o‘rganish hamda nogironlikning oldini olishda ishtirok etish;
fuqaroni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazish hamda nogironlikni belgilash sohasida hududiy dasturlarga takliflar kiritish va amalga oshirishda ishtirok etish;
biriktirilgan hududdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasini nazorat qilish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
sohaning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli asosda joriy etishga takliflar kiritish va ishtirok etishdan iboratdir.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi