Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Nogironligi belgilangan fuqarolar mehnat faoliyati bilan shug’ullana oladimi


Nogironligi belgilangan fuqarolar mehnat faoliyati bilan shug’ullana oladimi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.02.2022 yildagi 62- son qaroriga asosan organizm funksiyalari barqaror buzilishlarining namoyon bo‘lishi to‘rtta darajaga ajratiladi:

I daraja — yengil buzilishlar;

II daraja — o‘rtacha buzilishlar,

III daraja — ifodalangan buzilishlar,

IV daraja — kuchli ifodalangan buzilishlar.

 daraja — malaka, og‘irlik, keskinlik pasaygan va (yoki) ish hajmi kamayganda mehnatning odatdagi sharoitlarida mehnat faoliyatini bajarish layoqati, mehnatning odatdagi sharoitlarida past malakali mehnat faoliyatini bajarish imkoni saqlanib qolgan holda asosiy kasbda ishni davom ettirish;

II daraja — maxsus tashkil etilgan mehnat sharoitlarida tavsiya etilayotgan kasblarda mehnat faoliyatini bajarish layoqati;

III daraja — mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan rasmiylashtiriladigan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning Kasb va mehnat tavsiyalari yoziladigan qismiga “mehnat layoqati buzilishi darajasi” ko‘rsatilmasdan tavsiya etilayotgan kasb nomi yoziladi. TIEK elektron bazasiga Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlarining namunaviy ro‘yxati (klassifikatori) kiritiladi va ushbu ro‘yxat asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarga kasb bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Bunday holatlarda nogironlik guruhi I yoki II bo‘lishidan qat’i nazar, ularda II daraja mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun maxsus tashkil etilgan mehnat sharoitlarida mehnat qilish mumkinligi aniqlanganda ularga kasb turlari tavsiya qilinadi, III darajada esa — mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

        ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi