Янгиликлар
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassisligi bo‘yicha ish stajini hisoblab chiqarish tartibi
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassisligi bo‘yicha ish stajini hisoblab chiqarish tartibi
Mehnat daftarchasi mutaxassislik bo‘yicha ish stajini aniqlash uchun hujjat hisoblanadi. Quyidagilar mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga kiritiladi:
vrachlar va provizorlar uchun — oliy yoki o‘rta tibbiyot yoki farmatsevtika ma’lumoti mavjud bo‘lganda, vrachlik, farmatsevtika va o‘rta tibbiyot xodimlari lavozimlarida, shu jumladan rahbarlik lavozimlaridagi ish vaqti;
o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — o‘rta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari lavozimlaridagi, shu jumladan rahbarlik lavozimlaridagi ish vaqti;
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga tenglashtirilgan notibbiyot lavozimini egallab turgan mutaxassislar uchun:
mutaxassisligi bo‘yicha ish vaqti;
oliy yoki o‘rta tibbiyot yoki farmatsevtika ma’lumoti mavjud bo‘lganda, vrachlik, farmatsevtika va o‘rta tibbiyot xodimlari lavozimlaridagi, shu jumladan rahbarlik lavozimlaridagi ish vaqti;
kichik tibbiyot xodimlari uchun — kichik tibbiyot xodimi lavozimlaridagi ish vaqti;
vrachlar, provizorlar, o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, ichki ishlar va davlat xavfsizlik organlarida tibbiyot va farmatsevtika xodimlari shtat lavozimlaridagi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizim tashkilotlaridagi xizmat vaqti.
Quyida sanab o‘tilgan davrlardan bevosita oldin va bevosita keyin ustama haq olish huquqini beradigan ishda ishlaganlik sharti bilan ish stajiga kiritiladigan vaqt davrlari:
mutaxassisligi bo‘yicha malakasini takomillashtirish va oshirish kurslarida, shuningdek magistraturada, aspiranturada hamda doktoranturada o‘qish vaqti;
xodim amalda ishlamagan, lekin uning ish joyi (lavozimi) va ish haqi to‘liq yoki qisman saqlanib qolgan vaqti, shu jumladan noto‘g‘ri ishdan bo‘shatish yoki boshqa ishga o‘tkazishda va keyinchalik uni ishga qayta tiklashda majburiy ishlamagan vaqti;
xodim ishlamagan, lekin o‘zining ish joyi (lavozimi)ni saqlab qolgan va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa olgan vaqti, bola 2 (3) yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’tilda bo‘lgan davrlardan tashqari;
davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishdagi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan jamoat tashkilotlari topshiriqlarini bajarishdagi ish vaqti.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi