Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi kelishuvlar amalga oshiriladi


O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi kelishuvlar amalga oshiriladi

“Mo‘g‘ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–225-son, 17.07.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida 2025–2026 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning asosiy ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollarni olib kelish va mahalliy sharoitda naslchilik-seleksiya ishlari yordamida ko‘paytirish orqali ularning sonini 2029 yil yakuniga qadar 1 mln boshga yetkazish;

meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarining Mo‘g‘ulistonga eksport hajmini har yili oshirib borib, 10 barobarga ko‘paytirish choralarini ko‘rish.

2025 yil 1 avgustdan 2027 yil 31 dekabrgacha Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda tadbirkorlarga:

havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi;

QQSni to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to‘lov ta’minotisiz kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi.

2025–2026-yillarda quyidagilar tashkil etiladi:

Mo‘g‘ulistonning yirik savdo markazlarida “O‘zbekiston mahsulotlari” yarmarkasi;

▪️ Ulan-Bator shahridagi yirik savdo maydonlarida O‘zbekiston mahsulotlari stendi;

▪️ O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                    I.Roziqov