Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga qo‘shimcha to‘lovlar


Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga qo‘shimcha to‘lovlar

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 276- son qaroriga asosan sog‘liqni saqlash muassasalarining tarkibiy bo‘linmalariga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga: shtatida vrachlar lavozimi 6 tagacha bo‘lganda — oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdorida;

shtatida vrachlar lavozimi 6 tadan ortiq bo‘lganda — oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 24,6 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Kabinetlarga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Tuman, tumanlararo va shahar TIEKlarining raislari bo‘lgan vrachlarga komissiyaga rahbarlik qilganlik uchun oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 24,6 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Qishloq vrachlik punktlari filial (bo‘lim)lariga mudirlik qilganlik uchun vrachlar, feldsherlar, akusherkalar, tibbiyot hamshiralariga oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 8,8 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Vrachlik mutaxassisligi bo‘yicha tegishli toifaga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalari rahbarlariga, ularning o‘rinbosarlari — vrachlarga:

oliy malaka toifasi mavjudligi uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdorida;

birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

         ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi