Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Xorijiy investorlar kengashi majlisida erishilgan kelishuvlar ijrosi ta’minlanadi


Xorijiy investorlar kengashi majlisida erishilgan kelishuvlar ijrosi ta’minlanadi

“Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–226-son, 18.07.2025 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi O‘zbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Kengash kotibiyati nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi hamda uning a’zoligiga xalqaro moliya institutlari ham jalb qilinadi.

Kengash kotibiyati tomonidan xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash orqali mamlakatimizda investisiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun investisiya mablag‘larini jalb qilishga ko‘maklashiladi.

Bundan tashqari, Kengashning davlat organlari va tashkilotlari bilan bog‘liq faoliyatini Kengash kotibiyati tomonidan muvofiqlashtirish bo‘yicha mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan maslahatlashuvlar tashkil etiladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                    I.Roziqov