Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi belgilandi


Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (413-son, 07.07.2025 y.) bilan “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo'yicha tayyorgarlikka jalb etish, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni o'tash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.

Chaqiriluvchilar tanlovda 1 yilda faqat 1 marta ishtirok etishi mumkin.

Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10-avgustidan chaqiruv yilining 10-fevraliga qadar o'tkaziladi.

Chaqiriluvchi bilan suhbat o'tkazish orqali uning quyidagi ma'lumotlariga aniqlik kiritiladi:

harbiy xizmatga bo'lgan qiziqishi va ishtiyoqi;

huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan bog'liq holatlar;

sog'lig'ining holati;

bilim darajasi;

oilaviy sharoiti va boshqalar.

Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali baholanadi:

turnikda tortilish;

100 metrga yugurish;

3000 metrga yugurish.

Tanlov yakunlari bo'yicha chaqiriluvchini tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik bo'yicha tegishli xulosa qabul qilinadi.

 

Zangiota tuman adliya                                                                          R.Xursanov

Bo‘limi YuKXM bosh

yuriskonsulti