Янгиликлар
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-219-son, 07.07.2025 y.) qabul qilindi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-219-son, 07.07.2025 y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, 2010-yil 10-dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish to'g'risidagi shartnomasiga o'zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.
Bayonnoma 2024-yil 18-oktabrda Moskva shahrida imzolangan.
Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.
Zangiota tuman adliya R.Xursanov
Bo‘limi YuKXM bosh
yuriskonsulti