Янгиликлар
“Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari” sport musobaqalari o'tkaziladi
“Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari” sport musobaqalari o'tkaziladi
“2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo'lib o'tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–221-son, 08.07.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yildan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari” sport musobaqalari shaklida o'tkazib borish tizimi yo'lga qo'yiladi.
Ushbu sport musobaqalarda yoshlarni sport bilan doimiy shug'ullantirish xizmatini ko'rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslarning sport tayyorgarligiga ega bo'lgan sportchilari ishtirok etishadi.
Musobaqalarning respublika final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida o'tkaziladi.
Musobaqalarning respublika bosqichida saralangan sportchilar quyidagi sport-ta'lim tashkilotlariga milliy terma jamoalarga zaxira sifatida tayyorlash uchun yo'naltirib boriladi:
1- va 2-o'rinlarni qo'lga kiritgan sportchilar – Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga;
3-o'rinni qo'lga kiritgan sportchilar – hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga.
Zangiota tuman adliya R.Xursanov
Bo‘limi YuKXM bosh
yuriskonsulti