Янгиликлар
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi
“2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo'lib o'tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–221-son, 08.07.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o'quv yilidan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o'qish jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqichda 8–11-sinflar uchun Olimpiya va Paralimpiya maktabi,
2-bosqichda 1–2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kolleji faoliyat ko'rsatadi.
2026-yildan:
Markaz o'quvchi-sportchilari kontingenti 800 nafarga yetkaziladi;
Markazning Olimpiya va Paralimpiya kolleji o'quvchi-sportchilariga Sport vazirligining stipendiyasi uchun nazarda tutilgan mablag'lar doirasida oylik stipendiya ta'sis etiladi.
Olimpiya o'yinlari va ushbu musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha jahon chempionatlari g'olib va sovrindorlari oliy harbiy (ixtisoslashtirilgan) ta'lim muassasalariga to'g'ridan-to'g'ri qabul qilinadi.
Zangiota tuman adliya R.Xursanov
Bo‘limi YuKXM bosh
yuriskonsulti