Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Hayvonlarni identifikasiya qilish, ro'yxatga olish va kuzatish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1079-son, 06.08.2025-y.) qabul qilindi.


“Hayvonlarni identifikasiya qilish, ro'yxatga olish va kuzatish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1079-son, 06.08.2025-y.) qabul qilindi.

 

Qonunga ko'ra, O'zbekiston hududida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) ko'paytiriladigan hayvonlar belgilangan tartibda identifikatsiya qilinishi hamda ro'yxatga olinishi kerak.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi mazkur sohada vakolatli davlat organidir.

Qonunda hayvonlarni identifikasiya qilish va ro'yxatga olishning quyidagi muddatlari belgilangan:

qoramol, qo'y, echki va tuyalar – tug'ilganidan 14 kundan keyin;

otlar – tug'ilganidan 4 oydan keyin;

cho'chqalar tug'ilganidan – 1 oydan keyin;

itlar va mushuklar – tug'ilganidan 3 oydan keyin.

Bunda hayvonlar ko'rsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va ro'yxatga olinishi kerak.

Saqlash va (yoki) ko'paytirish maqsadida O'zbekistonga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan e'tiboran 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi lozim.

 

Zangiota tuman adliya                                                                         

bo‘limi YXKM bosh

yuriskonsulti                                                                                S.Marifov