Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–238-son, 30.07.2025-y.) qabul qilindi


“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori
(PQ–238-son, 30.07.2025-y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2025-yil 12-mart kuni Parij shahrida imzolangan quyidagi xalqaro shartnomalar tasdiqlandi:

O'zbekiston Hukumati bilan Fransiya Hukumati o'rtasida diplomatik pasport egalarini qisqa muddatli viza talablaridan o'zaro ozod etish to'g'risidagi bitim;

O'zbekiston Hukumati bilan Fransiya Hukumati o'rtasida rasmiy vakolatxonalar xodimlarining oila a'zolari tomonidan haq to'lanadigan faoliyatning amalga oshirilishi to'g'risidagi bitim.

Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

 

Zangiota tuman adliya                                                                         

bo‘limi YXKM bosh

yuriskonsulti                                                                               S.Marifov