Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Hukumat qarori (476-son, 30.07.2025-y.) bilan “Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.


Hukumat qarori (476-son, 30.07.2025-y.) bilan “Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini tashkil etish, elektron tizimda ma'lumotlarni almashish hamda davlat xaridlari to'g'risidagi ayrim axborotlarni moderatsiyadan o'tkazish tartibini belgilaydi.

Davlat buyurtmachilarining xaridlarni amalga oshirish va ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish jarayonlari ularning davlat xaridlari elektron tizimida ro'yxatga olingan paytdan e'tiboran amalga oshiriladi.

Davlat xaridlari elektron tizimida axborot tizimlari o'rtasida axborot almashinuvi axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq sertifikatlangan vositalardan foydalangan holda, himoyalangan aloqa kanallari orqali amalga oshirilishi shart.

Bunda davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlar uchun zarur hujjat va ma'lumotlarni maxsus axborot portali orqali operatordan masofaviy talab qilib olish mexanizmi yo'lga qo'yiladi.

Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilgan ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi ishtiroki davlat xaridlari elektron tizimi tomonidan avtomatik tarzda cheklanadi.

 

Zangiota tuman adliya                                                                          S.Marifov

bo‘limi YXKM bosh

yuriskonsulti