Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Hukumat qarori (480-son, 31.07.2025-y.) bilan “Temir yo'l transporti infratuzilmasi xavfsizligi to'g'risida”gi texnik reglament tasdiqlandi.


Hukumat qarori (480-son, 31.07.2025-y.) bilan “Temir yo'l transporti infratuzilmasi xavfsizligi to'g'risida”gi texnik reglament tasdiqlandi.

Reglament umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo'lmagan temir yo'l transporti infratuzilmasiga nisbatan qo'llanadi.

Konstruktorlik hujjatlariga muvofiq temir yo'l mahsuloti u ishlab chiqarilgan yildan qat'i nazar temir yo'l mahsulotini identifikasiyalashni ta'minlaydigan quyidagi tamg'aga ega bo'lishi kerak:

▪️ muvofiqlik belgisi;

▪️ raqam;

▪️ ishlab chiqaruvchining yorlig'i;

▪️ ishlab chiqarilgan sana;

▪️ rezervuarlar va nazorat moslamalari tekshirishdan o'tkazilganligi bo'yicha ma'lumotlar.

Temir yo'l mahsulotining muvofiqligini majburiy tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

majburiy sertifikatlash;

muvofiqlik to'g'risida deklarasiyani qabul qilish.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati:

➖ mahsulot partiyasi - mahsulotning yaroqlilik yoki kafolat muddatidan;

➖ seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga - 3 yildan oshmasligi kerak.

Zangiota tuman adliya                                                                         

bo‘limi YXKM bosh

yuriskonsulti                                                                                S.Marifov