Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Hukumat qarori (495-son, 05.08.2025-y.) bilan “Tuman (shahar)larda iqtisodiy o'sishga turtki beruvchi drayver loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.


Hukumat qarori (495-son, 05.08.2025-y.) bilan “Tuman (shahar)larda iqtisodiy o'sishga turtki beruvchi drayver loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko'ra, drayver loyiha hududning zaxira va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ma'lum iqtisodiy o'sishni yoki o'zgarishni yuzaga keltiradigan sanoat, xizmat ko'rsatish va qishloq xo'jaligining rivojlanishiga turtki beradigan loyiha hisoblanadi.

Drayver loyihalarni shakllantirish, kelishish va ishga tushirish tuman (shahar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda loyihalar har yili 1-noyabrgacha tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi.

1 hafta muddatda loyihalar Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga kiritiladi.

Shundan so'ng, loyihalar 10 ish kunida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 15 ish kunida drayver loyihani joyiga chiqqan holda o'rganadi.

Loyihalarni amalga oshirish doirasida bosh loyihachi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov (tender) orqali aniqlanadi.

Drayver loyihalar tuman (shahar) hokimligi tomonidan tuziladigan dalolatnomaga asosan foydalanishga qabul qilinadi va amalga oshirilgan hisoblanadi.

 

Zangiota tuman adliya                                                                         

bo‘limi YXKM bosh

yuriskonsulti                                                                                S.Marifov