Янгиликлар
Hukumat qarori (500-son, 07.08.2025-y.) bilan “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-o'qituvchilari va yo'riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, davlat xizmati “ERP sport” tizimi orqali Sport vazirligi tomonidan ko'rsatiladi.
Davlat xizmati ko'rsatilgani uchun BHMning 1 baravari miqdorida to'lov undiriladi.
Trener-o'qituvchilar va yo'riqchi-uslubchilarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.
ERP sport” tizimida ma'lumotlar to'liq shakllangandan so'ng 1 ish kunida QR-kod qo'yilgan holda elektron shaklda malaka toifasi to'g'risida guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Bu haqida avtomatik tarzda trener-o'qituvchilar va yo'riqchi-uslubchilarga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali SMS-xabarnoma yuboriladi.
Malaka toifasi 4 yil muddatga beriladi.
Zangiota tuman adliya
bo‘limi YXKM bosh
yuriskonsulti S.Marifov