Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Sinf rahbarlariga qo'yiladigan talablar qanday?


 Sinf rahbarlariga qo'yiladigan talablar qanday?

Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:

- kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo'lgan;

- maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta'lim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan o'rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o'qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo 'l qo'yilmaydi);

- boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo'lgan;

- o'quvchilar bilan ishlash jarayonida mas'uliyat bilan yondasha oladigan;

- boshlang' ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang' ich sinfga biriktirilgan o'qituvchilarga yuklatiladi.

Нурафшон шахар

адлия булими ЮХКМ бошлиги                           Ф.Назаров