Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Mehnat Kodeksiga asosan Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari kimlar ?


Mehnat Kodeksiga asosan Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari kimlar ?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota-ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxs), shuningdek ko‘p bolali oilalardagi ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar);

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar;

“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar;

nogironligi bo‘lgan shaxslar;

pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoshiga qadar ikki yil oldin);

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar yoki sudning qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar;

odam savdosidan jabrlanganlar.

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa shaxslar ham kiritilishi mumkin.

 

Bo‘ka tumani adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                               Niyozov Abdurasul