Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Mahalla fuqarolar yig‘ini yagona reestri shakllantiriladi


Mahalla fuqarolar yig‘ini yagona reestri shakllantiriladi

 

Hukumat qarori (586-son, 15.09.2025 y.) bilan “Mahalla fuqarolar yig‘ini yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Reestr davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik uchun zarur bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘iniga oid yagona ma’lumot manbai hisoblanadi.

Reestr Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga asosan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan shakllantiriladi.

Reestr Uyushma tomonidan “Raqamli mahalla” axborot tizimida yuritiladi.

Reestrda quyidagi ma’lumotlar shakllantiriladi, jumladan:

▪ mahallaning to‘liq va qisqacha nomi;

▪ mahalla kodi;

▪ soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

▪ Kengash qarori sanasi va raqami;

▪ mahalla joylashgan hudud;

▪ mahallaning hududiy chegarasi geoma’lumotlari.

Ma’lumotlar Reestrdan mahalla kodi yoki mahalla STIRidan foydalanish orqali olinadi.

 

Bo‘ka tumani Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi                                                                   S.G‘.Jamolov