Янгиликлар
Yangi ishga kirgan stajyor xodimga bayram puli to‘lanadimi?
Yangi ishga kirgan stajyor xodimga bayram puli to‘lanadimi?
Albatta to‘lanadi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 29-bandiga asosan Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat «1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi belgilangan. Bu yerda istisnolar mavjud emas.
Bekobod shaxar Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i Nizomiddin Tursunov